Interaktiv taklifnomalar

Hech kim rad eta olmaydigan taklif yuboring

Shablonlar

Aytmoqchi bo‘lgan gapingiz bormi?

To‘y, uchrashuv, kechirim, taklif — har biri alohida havola va alohida dunyo. Bosing, oxirigacha o‘ynang: hammasi ishlaydi.

Har bir namuna haqiqiy — rasm emas, ochiladigan sahifa.

Qo‘ng‘iroq qilish · +998 93 935 03 21

Uch qadam, uch daqiqa

Dizayner ham, dasturchi ham kerak emas.

01

Tanlang

Nima demoqchisiz — kechirim so‘rashmi, uchrashuvga taklifmi yoki tabrik.

02

Moslang

Ismini yozing, matnni tanlang, rasm va musiqa qo‘shing. Yonida jonli ko‘rinish turadi.

03

Yuboring

Havolani Telegramda tashlang — 39 000 so‘mdan boshlab. Ochganini ham, javobini ham darhol bilasiz.

Kichik detallar — katta ta’sir

Har biri bitta maqsad uchun: javob «ha» bo‘lsin.

Qochuvchi «Yo‘q»

Har bosilganda joyini o‘zgartiradi va kichrayadi. Beshinchi marta esa sahifadan butunlay chiqib ketadi.

Mobil va veb

Karta yaratishda mobil, veb yoki ikkala ko‘rinishni birdan tanlaysiz.

Javobni darhol biling

U kartani ochgan va javob bergan zahoti sizga xabar keladi.

Rasm va musiqa

Birgalikdagi rasmlaringizni va yoqtirgan qo‘shig‘ingizni qo‘shing.

O‘zbekcha — sen yoki siz

Barcha tayyor matnlar «sen» va «siz» shaklida. Lotin va kirill yozuvi.

Faqat yuborishda to‘lov

Yarating va tahrirlang — bepul, xohlagancha. Tayyor bo‘lgach, havolani yuborish uchun bir marta to‘laysiz.

Savollar

Ko‘p so‘raladigan savollar

Boshlashdan oldin bilishingiz kerak bo‘lgan hammasi.

Interaktiv taklifnomalar yaratish xizmati: uchrashuvga taklif, kechirim so‘rash, to‘y taklifnomasi, tug‘ilgan kun va boshqa turdagi shaxsiy kartalar. Har biri o‘ziga xos havola orqali ochiladi — oddiy rasm yoki matn emas, chinakam kichik veb-sahifa.

Muhim gapni oddiy xabar o‘rniga chiroyli, interaktiv tarzda yetkazish uchun. Qabul qiluvchi kartani ochganda va javob berganda («Ha» yoki «Yo‘q») — buni darhol bilasiz.

Ro‘yxatdan o‘ting, kabinetda «Yangi taklifnoma»ni bosing, turini va kimga ekanini tanlang — bir necha daqiqada tayyor. Yaratish va tahrirlash butunlay bepul, xohlagancha o‘zgartirishingiz mumkin.

Faqat havolani yuborishda to‘lov kerak. «To‘lash» tugmasini bosing — Telegram bot ochiladi va u sizga to‘lov kartasi raqamini ko‘rsatadi. Click, Payme yoki istalgan bank ilovasi orqali o‘tkazib, to‘lov skrinshotini botga yuboring — tez orada tasdiqlaymiz va havola ochiladi.

Telegram botimizga /start bosing yoki pastdagi Telegram va Instagram sahifalarimiz orqali yozing.